TEAM Universiteti xalqaro universitet bo‘lib, Londonning South Bank Universiteti (LSBU) bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini taqdim etadi. TEAM – dinamik rivojlanayotgan xalqaro jamoa: unda Buyuk Britaniya, Braziliya, Hindiston, O‘zbekiston, Jazoirlik o‘qituvchilar turfa talabalar kontingenti, mahalliy va xalqaro biznes, korxonalar, soha vakillari bilan ish olib borishadi.

TEAM Universiteti akademik va ilmiy-tadqiqot muassasalari, moliya tashkilotlari va tijorat tashkilotlari bilan hamkorlik uchun ochiq.

Universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi TEAM Universitetining boshqa muassasa va tashkilotlar bilan hamkorligi va xalqaro aloqalarini muvofiqlashtirib boradi. Bo‘limning maqsadi – xalqaro va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlikni loyihalashtirish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.

MAQSAD

VAZIFALAR

Mukammallikka erishish uchun xalqaro aloqalarni rivojlantirish

Xalqaro hamkorlikni Universitet faoliyatining barcha sohalarida rivojlantirish orqali ta’lim va amaliy tadqiqotlar sifatini oshirish, madaniyatlaro va global dunyoda ishlashga tayyor bitiruvchilarni yetishtirish

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • TEAM Universitetining akademik dasturlari va o‘qishdan tashqari faoliyatida xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
  • mintaqaviy va xalqaro tarmoqlar va assotsiatsiyalarda a’zolikni ilgari surish;
  • mintaqaviy va global miqyosda universitetlar va tijorat tashkilotlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni tayyorlash va baho berish;
  • xalqaro tashkilotlar, elchixonalar va universitetlar bilan aloqalar o‘rnatish;
  • xalqaro tashkilotlar, xususan, Erasmus +, DAAD, Britaniya Kengashi va boshqalar bilan grant dasturlarini ishlab chiqish, boshqarish va targ‘ib qilish;
  • talabalar va xodimlar mobilligini boshqarish va rivojlantirish;
  • LSBU va boshqa hamkorlar bilan Hamkorlik Kengashini qo‘llab quvvatlash;
  • talabalar va xodimlarga xalqaro mobillik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etish;
  • xorijiy talabalar va xodimlarga O‘zbekistonda o‘rnashish va universitet muhitiga qo‘shilishda yordam berish;
  • TEAM Universiteti xodimlari va talabalari biznes-g‘oyalarini amalga oshirishda yordam berish maqsadida xalqaro tadbirkorlik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
  • Universitet xalqaro majburiyatlari monitoringini olib borish va baholash.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: