Moodle – ta’limni boshqarishga mo‘ljallangan yaxlit ishonchli, xavfsiz, integrallashgan platforma bo‘lib, ta’lim beruvchilar va talabalarga masofaviy va aralash ta’lim shakllarida ta’lim muhitini o‘z ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi.
TEAM Universitetining Moodle platformasiga o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari, qo‘shimcha resurslar, ta’limiy videolar, topshiriqlar, testlar va baholash uchun materiallar joylashtirilgan. Bu TEAM Universitetidagi fanlarning qiziq, interfaol va samarali bo‘lishiga yordam beradi. Onlayn materiallarni talabalar o‘zlariga qulay paytda o‘qishlari va vazifalarni bajarishlari, Moodle mobil dasturi yordamida videolarni istalgan joyda tomosha qilishlari, o‘qituvchilar bilan muloqotga kirishishlari mumkin.
TEAM Universitetining o‘quv-resurs markazi talabalarga kecha-yu kunduz Moodle tizimidan foydalanish va onlayn o‘qish jarayonida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha yordam berishga tayyor. Biz onlayn o‘qish tajribasi muammolardan xoli bo‘lishi uchun har doim sizni eshitishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.