Birinchi xususiy tadbirkorlar universiteti TEAM ta'lim sohasida yangi yo'nalish - Executive Education ochdi.
TEAM Universitetida Executive Education bu bir necha yillik ish tajribasiga ega bo'lgan, lekin eng muhimi, o'z malakasini rivojlantirish va oshirishga intiladigan kompaniya egalari yoki yuqori martabali rahbarlar, shuningdek menejerlar, funktsiyalar rahbarlari uchun mo'ljallangan ta'lim dasturi.
TEAM Executive dasturlari doirasidagi treninglar biznes jarayonlarini har kuni muntazam ish bilan shug'ullanadigan menejer ko'rganidek emas, balki tizimli ravishda ko'rib chiqish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, kundalik hodisalar, vositalar va yechimlarning yangi ko'rinishi shakllanadi. Rahbarlar yangi talqin va tushunchaga ega bo'ladi. Bu yangi g'oyalarning tug'ilishiga, xususan, biznesni kengaytirishga asos bo'ladi.
Bizning ma'ruzachilarimiz eng so'nggi soha bilimlari, ilg'or usullar va texnologiyalar, shu bilan birga xalqaro amaliyot va mahalliy tajribalarni tashuvchilardir.
Bizning ma'ruzachilarimiz amaliy va xalqaro tajribasini sizlar uchun qulay instrumentga aylantirishgan. Biz, TEAM Executive Education yangi biznes hamjamiyatini yaratmoqdamiz. Hozirda unda O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Rossiya va Belarusning 107 ta kompaniyasidan 130 dan ortiq bitiruvchilar: bosh direktorlar, aksiyadorlar va biznes egalari, ijrochi va tijorat direktorlari. Birgalikda menejmentning ilg'or modellari va amaliy ko'nikmalarini qo'llagan holda, haqiqiy misollardan o'rgangan holda, hamkasblar va ekspertlar bilan tajriba almashgan holda biz sizning kompaniyalaringizni rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqamiz.