Close
Savollaringiz bo‘lsa, ularga javob berishga harakat qilamiz!
Siz tugmani bosish orqali shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanishiga rozilik berasiz
Wellbeing Support
TEAM Universitetida biz shaxsiy rivojlanishga qiziqqan va akademik natijalar bilan bog’liq muammolarni yengishni xohlaydigan barcha talabalarga psixologik yordam beramiz.
Talabalar bizning psixolog-mutaxassisimizga ikki yo’nalishda murojaat qilishlari mumkin: psixologik va mentorlik. Psixologik yordam rag’batlantirish, motivatsiya va keng ko’lamli muammolarni hal qilishda yordamni anglatadi. Bular:
Shaxslararo munosabatlar (kursdoshlar, o’qituvchilar, hamkasblar bilan samarali muloqot qilish);
Shaxsiy hayot muammolari (oila a’zolari, yaqin do’stlar bilan bog’liq holatlar);
Hissiy soha (qo’rquv, stress, tashvish, tushkunlik bilan kurashish);
Hayotdagi inqirozli vaziyatlarni hal qilishda qiyinchiliklar;
Shaxsiy o’zini o’zi anglash muammolari;
Mentorlik mashg’ulotlari akademik samaradorlik bilan bog’liq muammolarni hal qilishda yordam beradi (o’qish va rivojlanish muammolari). Talabalar hayotiga jalb qilishni hamda davomatni yaxshilashga qaratilgan suhbatlar olib boriladi. Bu borada talabalar tomonidan o‘quv jarayonini optimallashtirish bo‘yicha savol va takliflar ko‘rib chiqiladi. Talabalar konsultatsiya jarayonida psixolog bilan faol muloqot qilishadi va foydali fikr-mulohazalarni qabul qilishadi.
Talabalarga yordam kerak bo’lsa, biz qo’llab-quvvatlaymiz va psixo-emotsional xotirjamlik haqida qayg’uramiz!
Psixologik va mentorlik yordam
Shaxnoza Ergasheva
Psixolog va Mentor
Aloqa uchun:
shakhnoza.ergasheva@teamuni.uz
BOG‘LANISH
Toshkent shahri, Temur Malik ko'chasi, 146-uy
+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31
info@teamuni.uz
2024 - TEAM UNIVERSITY
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy


+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31


info@teamuni.uz