Tadbirkorlik tafakkuri, xalqaro ta’lim va amaliy rivojlanishni birlashtiradigan universitet tajribasini tanlang.

Bizning xalqaro toifadagi o‘qituvchilarimiz Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, O‘zbekiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi davlatlari singari mamlakatlarda ish tajribasiga ega.

TEAM Universiteti o‘quv dasturlari nazariy fanlar va amaliy bilimlar uyg‘unligi asosida tuzilgan bo‘lib, zamonaviy dunyoning eng so‘nggi tendensiyalari va ularning O‘zbekiston kontekstida qo‘llanilishini hisobga oladi.

Talabalar universitet tashkil qiladigan biznes-nonushtalar, ma’ruzalar, seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar davomida muvaffaqiyatli tadbirkorlar va soha professionallari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

O‘qish davomida talabalar o‘z qiziqishlariga mos keladigan turli jamiyatlar, klublar va boshqa darsdan tashqari tadbirlarda ishtirok etishadi.

Keng qamrovli grantlar siyosati. Talabaning o‘zlashtirishiga qarab, grantlar 15%dan 100%gacha bo‘lishi mumkin.