Mazkur dastur uchun mo‘ljallangan O‘qitish, O‘rganish va Baholash strategiyasi boshlang‘ich bosqichda talabalarga dastlabki bilimlarni berishni nazarda tutgan bo‘lib, 4-bosqichdan boshlab zamonaviy marketing hamda tadbirkorlik nazariyasiga doir asosiy bilim va ko‘nikmalarni singdirishga qaratilgan. 5 va 6-bosqichlarda talabalar o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini hayotiy xodisalar tahliliga yo‘naltirib, tadbirkorlik va marketingga doir bir qator muammolarni hal etishni o‘rganadilar. 6-Bosqichdagi Diplom loyixasi talabalardan ish boshlashdagi risklarni tanqidiy baholash salohiyatini ko‘rsata olish uchun o‘z bilim va ko‘nikmalari, tushunchalari, tanqidiy tahlil salohiyati shuningdek, o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llay olishlarini talab etadi.
Dastur tadbirkorlikka doir master klasslar, ilmiy ma’ruzalar va seminarlardan tortib so‘rov o‘tkazish, tadqiqot, o‘rganish ob’ektiga tashrif hamda jamoaviy loyixa kabi yakka tartibda hamda hamkorlikda o‘rganish mashg‘ulotlari bilan yo‘g‘rilgan talabalar boshchiligigdagi amaliy mashg‘ulotlar va ularning o‘zaro bir-biriga o‘rgatish jarayonlarini o‘z ichiga olgan dasrlardan iborat.
Korxonalar bilan xamkorlik qilish strategiyasi tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha universitet ta’lim dasturining ajralmas qismi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida talabalarga o‘z salohiyatlarini yanada rivojlantirishga, novatorlik, ijodkorlik qobiliyatlarini ishga solib, kasbiy mahoratini oshirishga imkon beradi. Biznes inkubatorlar, Talabalar Ittifoqi hamda keng tadbirkorlik doiralari bilan hamkorlik qilish orqali mazkur maqsadga erishiladi.
Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashni nazarda tutuvchi jamoaviy o‘rganishga asoslangan mazkur dastur doirasida tadbirkorlikka doir bilim va ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi. Seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, jamoaviy loyixalar hamda kurs ishlari orqali ta’lim olish bilan birga talabalar o‘zlarining muloqot, jamoada ishlash, liderlik, vaqtdan to‘g‘ri foydalanish, miqdoriy fikrlash va raqamlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Masalan, xodisalarni tushunish va tahlil qilish uchun jamoa bo‘lib ishlagan talabalar, muammoli vaziyatlarga echim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan tashqari, jamoa bo‘lib ishlash, muloqotga kirishish hamda toshiriqni bajara olish qobiliyatlarini ham o‘stiradilar. Muzokara o‘tkazish, ta’sir qilish va taqdimot namoyish qilish ko‘nikmalari seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar vaqtidagi rolli o‘yinlar orqali rivojlantirilsa, raqamlar bilan ishlash ko‘nikmalari turli modullarda talabalarga beriladigan topshiriqlarning ajralmas qismi xisoblanadi. SHuningdek, mehmon tadbirkorlar tomonidan o‘tkaziladigan master klasslar va darslar orqali ham talabalar bu kabi bilimlarini o‘stiradilar.