TEAM Universityda talabalarni akademik va noakademik masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash va maslahat berishga qaratilgan xizmatlar mavjud.
Q-TEAM — bu talabalar uchun axborot markazi bo‘lib, bu yerda barcha yuzaga keladigan savollarga batafsil javob olish mumkin. Biz bepul, xolis, bahosiz va maxfiy maslahatlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etamiz: Talabalar ittifoqi faoliyati, talabalar murojaatlari va shikoyatlari tartibi, moliyaviy masalalar hamda akademik muammolar.
Zarur bo‘lganda, talabalar muammoni hal qilish uchun tegishli bo‘limlarga yo‘naltiriladi.
Agar sizda savol bo‘lsa — Q-TEAMda javob bor!