Pre-Foundation Tayyorgarlik kursi
Davomiyligi
Boshlanishi
Yosh toifasi
Kursning Narxi
6-7 oy
Fevral 2025
16+
4 950 000 so‘m
(butun kurs uchun narx)
Davomiyligi
Boshlanishi
Kursning Narxi
USHBU DASTUR KIMLARGA MO‘LJALLANGAN?
TEAM Pre-Foundation Tayyorgarlik Kursi – bu TEAM Universiteti bakalavriatiga kirishni istaganlar uchun mo’ljallangan dastur.

Kurs asosan o’quvchilarning ingliz tilidagi ko’nikmalarini va o’tkaziladigan asosiy ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bunga tanqidiy fikrlash, guruhlarda ishlash va taqdimot ko’nikmalari kiradi. Kurs TEAM Universiteti bilan bir xil sifat kafolati tartibiga amal qiladi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar avtomatik ravishda TEAM Universiteti bakalavr dasturiga qabul qilinadi.
TAYYORLOV KURSI AFZALLIKLARI NIMADAN IBORAT?
Unique opportunity to prepare for degree level studies in a university educational environment
QABUL QILISH TALABLARI QANDAY?
Tayyorlov kursiga qabul qilinish uchun nomzodlar o‘rta ta’lim (Umumiy o‘rta ta’’lim to‘g‘risida shahodatnoma – 9 yillik o‘rta ma’lumot) attestati yoki unga tenglashtirilgan hujjatga ega bo‘lishlari va qabul paytida O‘zbekistondagi maktabning 11-sinfi yoki litseyning 2-kursi o‘quvchilari bo‘lishi kerak. Chet ellik talabalarning arizalari ular taqdim etadigan ilgari olgan ta’limi to‘g‘risidagi hujjatlarni baholash asosida ko‘rib chiqiladi.

Yuqoridagi talablarga muvofiqligini tekshirish uchun talabgorlar quyidagilarni taqdim etishlari shart:

  • O‘rta ta’lim to’g’risidagi attestatning nusxasi (Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida shahodatnoma – 9 yillik o‘rta ma’lumot);

  • Talabgor 11-sinf (litseyning 2-kursi) o‘quvchisi ekanligini tasdiqlovchi maktabdan (litseydan) xat.
Nomzodlar tayyorgarlik dasturi boshlanguniga qadar kamida 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim. Ushbu talabga muvofiqligini tekshirish uchun nomzodlar:
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasportning nusxasini topshirishlari kerak.
Talabgorlar ingliz tilini B1 (CEFR) darajasida yoki unga tenglashtirilgan darajada bilishlarini ko‘rsatishlari kerak, masalan:

  • umumiy 5.0 balli IELTS sertifikati yoki TEAM universiteti tan olgan ingliz tili bo‘yicha boshqa testdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

  • yoki TEAM tayyorgarlik kursi kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish.
KURSNING MAQSADI
Повысить уровень владения английским языком
Предоставить студентам возможность укрепить ключевые социальные навыки
Содействовать созданию позитивной учебной среды, способствующей автономному обучению
  • Ingliz tilini bilish darajasini oshirish.
  • Talabalarga asosiy ijtimoiy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatini berish.
  • Avtonom ta’im olish uchun qulay o‘quv muhitini yaratishga yordam berish.
TEAM Pre-Foundation Kursi uchun kirish imtihoni
Pre-Foundation Kursi uchun kirish imtihoni 3 bo’limdan iborat bo’lib, ular 1 soat 40 daqiqa davom etadi.
1. Reading (o’qish) bo’limi 30 daqiqa davom etadi va turli uzunlik va murakkablikdagi matnlarni o’z ichiga olishi mumkin. O’zaro mos javoblarni tanlash, savollarga qisqa javoblar,va mashqlarni yakuniga yetkazish o’qish bo’limida uchrashi mumkun bo’ladigan savollardir.
2. Writing (yozish) bo’limi 40 daqiqa davom etadi va 1ta topshiriqni o’z ichiga oladi.
3. Use of English (ingliz tilini ishlatish) bo’limi 30 daqiqa davom etadi. Uning ichida 20ta savollar bo’ladi.
Ushbu kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng talabalar quyidagilarni bilishi lozim:


1) Ham yozma, ham og‘zaki ravishda o‘z nuqtai nazarini tushuntirish va isbotlash; turli xil qarashlarni asoslash va baholash.
2) Bir qator tanish mavzular bo‘yicha yuqori darajadagi leksik va grammatik aniqlik va spontanlik bilan muloqot qilish qobiliyatini namoyish etish.
3) O‘z ishini yuqori darajadagi aniqlik va batafsillik bilan turli shakllarda yaratish va taqdim etish.
4) Murakkab materiallarni o‘qish va tinglashda asosiy g‘oyalarni va jihatlarni aniqlash.
5) Jamoada ishlash qobiliyatini namoyish etish

TA’LIM NATIJALARI

MENI QANDAY O‘QITISHADI VA BAHOLASHADI?
Tayyorgarlik kursidagi barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Darslar haftada uch marta TEAM universiteti kampusida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar vaqti sizning maktab/ litseyda o‘qishingizga xalaqit qilmaydigan tarzda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar seminarlar, mahorat darslari va onlayn tadbirlar shaklida tashkil etiladi. O‘qitish interaktiv tarzda o‘tkazilib, jamoaviy ish qobiliyatini mustahkamlash, taqdimot mahoratini oshirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.

Sizning bilimlaringiz va qobiliyatlaringiz shakllanib boruvchi va yakuniy baholash orqali baholanadi. Sizdan eng yaxshi ishlaringiz namunalarini to‘plash, tanlangan mavzuni muvaffaqiyatli muhokama qilish uchun juft bo‘lib ishlashni o‘rganish va sinfda test topshirish so‘raladi. O‘qituvchilaringiz doimiy yordam ko‘rsatgan holda kurs davomida sizni boshqarib turishadi.
O‘QISH VAQTINING TURLI TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
Seminarlar/
amaliy mashg'ulotlar/
Onlayn topshiriqlar
Mustaqil
ta'lim
70%
30%
Me‘yoriy-huquqiy Hujjatlar
O‘QISH JOYIM QAYERDA BO‘LADI?
Mazkur o‘quv kursi Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi 146 uy, TEAM universiteti binosida o‘qitiladi.
BOG‘LANISH
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy
+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31
info@teamuni.uz
2024 - TEAM UNIVERSITY
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy


+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31


info@teamuni.uz