Close
Savollaringiz bo‘lsa, ularga javob berishga harakat qilamiz!
Siz tugmani bosish orqali shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanishiga rozilik berasiz
Tadqiqotlar
Tadqiqot Markazi
Keyslar
Anjumanlar
Tadqiqot Falsafasi
TEAM Universitetining butun faoliyati marketing tadqiqotlariga asoslangan. Bu tadqiqotlar talabalarga ilmiy bilimlar ishlab chiqarishda qanday qo‘llanilishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlari akademik doiralardan tashqarida mavjud bo‘lgan real ma’lumotlar va bilimlarni olish imkonini beradi. Biz universitetlar faoliyatiga juda ko‘p tomonlar daxldor ekanini tushunamiz, shuning uchun ham ota-onalar, talabalar, ish beruvchilar va vakolatli organlar ishtirokida bir qator tadqiqotlarni o‘tkazdik. Shuningdek, universitet marketing tadqiqotlarida internet, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy manbalarda mavjud ma’lumotlarga ham tayanilgan.
Universitetlarning bugungi kundagi roli ilmiy yondashuvni talab qiladigan iqtisodiyot va jamiyat hayotining boshqa sohalari talablari asosida o‘zgarib bormoqda. Oxirgi 35 yil davomida akademik doiralarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni tijoriylashtirish, tadqiqot natijalarini patentlash va litsenziyalash oliy ta’lim muassasalari faoliyatining muhim bir qismiga aylandi. Vaqt o‘tishi bilan innovtsion tizimning muhim ishtirokchisiga aylanishdi va bu tizimda bilim yaratuvchi va tarqatuvchi, jamiyatga o‘z ilg‘or texnologiyalarini beruvchi sifatida faoliyat olib borishadi. TEAM Universiteti Markaziy Osiyoda tadbirkorlik ekotizimining rivojlanishida muhim o‘rin egallash va tadbirkorlik iqtisodiyotining yanada rivojlanishi uchun liderlar tarmog‘ini yaratishni maqsad qilib qo‘ygan. Shunday qilib, TEAM Universiteti uchun ilmiy-tadqiqot va ta’limiy vazifalar – iqtisodiyotda qadriyatlar yaratish va ijtimoiy muammolarni hal qilish ustivor hisoblanadi.
Universitetda har kuni ma’lumotlarning ulkan massivi baholanadi, yaratiladi, ishlatiladi, saqlanadi, arxivlanadi, uzatiladi yoki yo‘q qilinadi. Ushbu ulkan ma’lumotlarni tizimli boshqarish maqsadida TEAM Universiteti o‘z yondashuvini ishlab chiqqan. Bu yondashuv universitetdagi ma’lumotlarni aniqlash, uzatish, yaxslitligi va xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, bu yondashuv orqali ma’lumotlar to‘g‘ri tahlil va talqin qilinadi, asosiy savollarga javob olinadi va qarorlar qabul qilinadi. TEAM Universiteti ma’lumotlari – bu muassasaning universal aktivi bo‘lib, faktlar va ma’lumotlar yordamida kerakli qarorlar qabul qilinishiga zamin yaratadi.
PROFESSORLARNING NASHRLARI
BOG‘LANISH
Toshkent shahri, Temur Malik ko'chasi, 146-uy
+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31
info@teamuni.uz
2024 - TEAM UNIVERSITY
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy


+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31


info@teamuni.uz