Close
Savollaringiz bo‘lsa, ularga javob berishga harakat qilamiz!
Siz tugmani bosish orqali shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanishiga rozilik berasiz
TEAM Kengashi
TEAM – O‘zbekistonda tashkil etilgan birinchi xususiy tadbirkorlik universitetidir. TEAM qadriyatlar tizimiga asoslangan universitet tuzilmasini, shuningdek tijoriy muvaffaqiyatlilik va samaradorlikni chuqur ko‘ra bilish xususiyatlariga egadir.
Qadriyatlar:
KENGASHNING MUSTAQILLIGI
Ta’sischilar universitetni uning ushbu qadriyatlarga sodiqlikni kafolatlash va namoyish etish maqsadida boshqarish uchun mustaqil Vasiylik kengashini tuzdilar.
Kengash universitetga asos solingan vaqtdan boshlab tuzilgan bo‘lib, unga oliy ta’lim muassasalarini boshqarishda katta tajribaga ega bo’lgan mustaqil vasiy rahbarlik qiladi.
Kengash tomonidan Konstitutsiya ishlab chiqilib, unga ko‘ra, Kengash mustaqil (muassis bo‘lmagan) vasiylarning aksariyat qismini o‘z ichiga oladi. Bu moliyalashtiruvchi muassislar va aksiyadorlarning tutgan o‘rni va manfaatlari cheklanishini kafolatlaydi. Konstitutsiya Vasiylik kengashiga o‘zini moliyaviy manfaatlardan himoyalashni, shuningdek universitetga biznesni boshqarish va yuritishning qat’iy tamoyillariga amal qilish imkoniyatini beradi.
KENGASHNING ROLI
Vasiylik kengashi universitetning Qarashlari, Missiyasi, Qadriyatlari, shuningdek ularning universitet ichida ham, undan tashqarida ham tarqalishi uchun javobgar hisoblanadi. Universitet o‘z Qarashlari, Missiyasi va Qadriyatlariga amal qiladi va ularni aksiyadorlariga yetkazadi.
Vasiylik kengashi asosiy strategik qarorlarni tasdiqlaydi, yuqori bo‘g‘in rahbarlarini, shu jumladan rektor va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi, umumiy byudjetni, asosiy xodimlar siyosatini tasdiqlaydi va xavflarni boshqarish jarayonini nazorat qiladi.
Kengash universitetning ilmiy siyosati, uning jarayonlari va protseduralari akademik qarorlarning mustaqilligini kafolatlashi va akademik standartlarni qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Ushbu masalalarni hal qilish uchun Kengash rektor boshqaradigan va bir qator hamkasb olimlardan iborat mustaqil ilmiy kengashni ta’sis etdi.
KENGASH VASIYLARI
Vasiylik kengashi raisi
Endryu Vaxtel
Endryu Vaxtel Garvard universitetida bakalavr, Berklidagi Kaliforniya universiteti (slavyan tillari va adabiyoti fakulteti)da magistr va falsafa doktori darajasini olgan. Garvard stipendiatlari jamiyatida uch yil bo‘lganidan so‘ng u uch yil davomida Stenford universitetida dars bergan, 1991-yilda esa u Shimoli-g‘arbiy universitetga ishga o‘tgan. U yerda Endryu slavyan tillari va adabiyoti kafedrasi dotsenti va mudiri, qiyosiy adabiyot dasturi direktori kabi turli lavozimlarni egallagan. 2003–2008-yillarda Roberta Baffett Xalqaro va qiyosiy tadqiqotlar markazi direktori, 2004–2010-yillarda Oliy maktab dekani bo‘lib ishlagan.
Endryu Vaxtel Amerika san’at va ilm-fan badiiy akademiyasi, shuningdek, Xalqaro munosabatlar kengashining a’zosi hisoblanib, uning ilmiy qiziqishlari ko‘lami rus adabiyoti va madaniyatidan Sharqiy Yevropa va Bolqon madaniyati, tarixi va siyosatigacha, zamonaviy O‘rta Osiyoganing tarixi va siyosatigacha qamrab oladi.
U 19ta kitob (muallif, muharrir yoki tarjimon sifatida) va 100dan ortiq maqolalarni nashr etgan, ilmiy ishlari esa 10ta tilga tarjima qilingan. Uning kitoblari orasida “Jahon tarixida Bolqon yarim oroli” (Oxford UP, 2008), Ilya Vinitskiy bilan hammualliflikda “Rus adabiyoti (siyosatshunoslik, adabiyotning madaniy tarixi)” (Polity Press, 2008), shuningdek, “Kommunizmdan so‘ng muhim bo‘lib qolgan holda: Sharqiy Yevropada yozuvchining roli” (2006, University of Chicago Press)ni keltirish mumkin. Endryu rus, bosniya, xorvat, serb va sloven tillaridan faol tarjima qiladi, uning rus shoirasi Anjelina Polonskaya kitobi so‘nggi tarjimasi esa 2014-yilda Pen Poetry Translation Prize mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgan. 2010-yilda Endryu Vaxtel Amerika Markaziy Osiyo universiteti (Bishkek, Qirg‘iziston)ga rahbar bo‘lgan va 8 yil davomida ushbu lavozimni egallagan.
2018-yilda u Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Narxoz universiteti rektori bo‘ldi. Hozir Bishkekda yashaydi, u yerda Qirg‘iziston, Rossiya, Xitoy va O‘zbekistondagi akademik konsalting loyihalari bilan shug‘’ullanadi.
Endryu Vaxtel bilan suhbat
Vasiylik Kengashining Mustaqil A’zosi
Andrey Volkov
Andrey Volkov – Skolkovo Moskva boshqaruv maktabining Jamoat strategiyalari instituti direktori. Rossiyada ta’lim siyosati sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri.
2005-yilda Volkov Rossiya ta’lim va ilm-fan vazirining maslahatchisi etib tayinlangan.
2006–2013-yillarda “Skolkovo” biznes maktabi rektori bo‘lgan. U “katta sakkizlik” mamlakatlarining Rossiyaning ta’lim sohasidagi tashabbuslari masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhiga rahbarlik qilgan va RFda oliy ta’limni modernizatsiyalash dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etgan.
2013-yilda Andrey Volkov “Skolkovo” biznes maktabi professori, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining yetakchi universitetlarining jahondagi ilg‘or ilmiy-ta’lim markazlari orasida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha Kengash raisining o‘rinbosari lavozimlarini egallagan. Hozirgi kunda u Skolkovo jamoat strategiyalari institutiga rahbarlik qilib, institut tarkibiga Ta’lim transformatsiyasi markazi, boshqarma jamoalari uchun mintaqavyi va shahar dasturlari bloki, jamoat strategiyalari bo‘yicha magistrlik dasturlari, loyihalar menejerlari maktabi va boshqalar kiradi.
Andrey Volkov bilan suhbat
Vasiylik Kengashining Mustaqil A’zosi
Eldor Mannopov
Dentons Toshkent ofisining boshqaruvchi hamkori. U korporativ, shartnomaviy, tijorat, qurilish va soliq qonunchiligiga ixtisoslashgan. Eldor Mannopov mijozlarga energiya, kimyo va neft-kimyo, neft-gaz, infratuzilma va transport, korporativ va investitsiya sohalarida yordam ko‘rsatadi. O‘zbekistonlik va xorijiy mijozlarga mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, sud muhokamalari va nizolari, yuridik ekspertiza, huquqiy ekspertiza va sotib olish, birlashish va qo‘shib olish bo‘yicha shartnomalar, ko‘chmas mulkni sotib olish va davlat mulkini xususiylashtirish masalalari bo‘yicha maslahatlar berish tajribasiga ega. Eldor Mannopov mahalliy va xorijiy korporatsiyalarga, doimiy vakolatxonalarga, soliqni optimallashtirish tuzilmalariga taalluqli bo‘lgan soliq boshqaruvi, turli sohalardagi (EPC, FIDIC shantnomalari) loyihaviy, qurilish, qurilish va ekspluatatsion faoliyatni litsenziyalash masalalari bo‘yicha ham maslahatlar beradi.
Loyihalar va qurilish sohalarida yetakchi yurist deb e’tirof etilgan Eldor Mannopov mijozlarga tijorat, shu jumladan EPC, xaridlar, qurilish, xizmatlar va/ yoki ishlar (Jahon bankining standartlariga muvofiq) bo‘yicha shartnomalarini ishlab chiqishda yordam beradi.
Vasiylik Kengashining Mustaqil A’zosi
Nazira Beyshenaliyeva
Nazira Beyshenaliyeva Amerika Markaziy Osiyo universtiteti va Garvard Biznes maktabi bitiruvchisi hisoblanadi. Nazira oilaviy biznesga rahbarlik qiladi va “Bank Azii” YOAJ direktorlar kengashi raisi sanaladi. Ayni paytda u Qirg‘iziston Respublikasidagi Amerika savdo palatasi (AmCham) direktorlar kengashi raisidir.
Nazira Bayshenaliyeva – Amerika Markaziy Osiyo universiteti Vasiylik kengashi, HBS GCC (BAA, Dubay) klubi boshqaruvi hamda qo‘shilish va qo‘shib olishlar sohasidagi Osiyo va Tinch okeani assotsiatsiyasi boshqaruvi, professionallarni birlashtiruvchi platforma, shuningdek, Osiyo va Tinch okeani mintqasi mamlakatlari (mintaqalari)dagi qo‘shilish va qo‘shib olishlar sohasidagi bir qator assotsiatsiyalar a’zosidir.
Nazira Qirg’iziston Respublikasi va xorijda istiqomat qiluvchi mutaxassislarni birlashtiruvchi ProKG Club-platformaning hammuassisi hisoblanadi. ProKG Club professionallarining vazifasi yosh yetakchilarni ilhomlantiruvchi va yo‘naltiruvchi professionallarni birlashtiradigan platformani yaratishdan iborat. Klubning faoliyati o‘quv va professional salohiyatni rivojlantirishga, shuningdek yoshlarning shaxsiy o‘sishiga qaratilgan.
Hammuassis
Zafar Hoshimov
Sasseks universiteti boshqaruvning axborot tizimlari magistri, Buyuk Britaniya, Brayton;
Matematika fanlari magistri – Toshkent davlat universiteti, Toshkent, O‘zbekiston;
Matematika fanlari bakalavri – Toshkent davlat universiteti, Toshkent, O‘zbekiston;
korzinka.uz bosh direktori va asoschisi
FLO, Red Tag Uzbekistan, Balton Trading Asia Company egasi.
Vasiylik Kengashining Mustaqil A’zosi
Roza
Gazizova
Roza Gazizova, SOGD Advisory boshqaruvchi hamkori va ilgari MegaFon kompaniyasining moliyaviy direktori o‘rinbosari bo‘lgan, korporativ moliya va investitsiyalar sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega yuqori malakali mutaxassisdir. Roza kapital jalb qilish, qo‘shilish va yutib olish (M&A), shuningdek, kompaniyalarning organik o‘sishini ta'minlashda muvaffaqiyatli tajribaga ega. Uning keng xalqaro tajribasi kompaniyalarning operatsion samaradorligini oshirish, shuningdek, korporativ nazorat va boshqaruvni mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Roza TRIUM Global Executive MBA dasturining Executive MBA darajasiga ega, bu London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE), Nyu-York Shtati Stern biznes maktabi (NYU Stern) va HEC Parisning qo‘shma dasturidir.
BOG‘LANISH
Toshkent shahri, Temur Malik ko'chasi, 146-uy
+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31
info@teamuni.uz
2024 - TEAM UNIVERSITY
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy


+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31


info@teamuni.uz