O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “TEAM Universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga (VMQ 241, 2020 yil 17 sentyabr) binoan, TEAM Universiteti nodavlat oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. Qaror bilan Universitetga xalqaro e’tirof etilgan reytinglarning (Times Higher Education – THE, Quacquarelli Symonds – QS) top-1000 ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, kunduzgi, kechki, sirtqi va gibrid (“blended”) ta’lim shakllarida bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari dasturlari asosida o‘qitish huquqi berilgan. Universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya (OT 0007 raqamli litsenziya) asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Vazirlar Mahkamasi Qarori va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 31-bandiga muvofiq, TEAM Universiteti diplomlari O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.
Qarorning to‘liq
matni