Foundation Course Dasturi
USHBU DASTUR KIMLAR UCHUN?
Xalqaro Umumta’lim kursi (IFC) – bir yillik kunduzgi o‘qish dasturi bo‘lib, kelgusida Buyuk Britaniya oliy ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’limni davom ettirishni rejalashtirayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Kursning maqsadi talabalarda bakalavriatda ta’limni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Mazkur kursni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga TEAM Foundation sertifikati beriladi va ular TEAM Universiteti tomonidan taqdim qilinayotgan bakalavriat dasturlaridan biriga qabul qilinadilar.
NEGA AYNAN TEAM FOUNDATION?
Вступительный Экзамен TEAM English Entry Exam
Kuchli tadbirkorlik
komponenti
Samarali "ustoz-shogird"
tizimi
Amaliyotchilar bilan
darslar
O'qitishga fanlararo
yondashuv
Abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar
Abituriyentlar o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatga (UK GCSE) yoki uning ekvivalentiga ega bo‘lishlari lozim. O‘zbekistonlik abituriyentlar quyidagi hujjatlardan birini taqdim qilishlari mumkin:
  • Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida attestat
  • Akademik litsey diplomi
  • Kasb-hunar kolleji diplomi
Xorijiy talabalar arizalarini ko‘rib chiqishda ular taqdim etgan oldingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga baho beriladi.
Abituriyentlarning ingliz tili bilim darajasi quyidagilar asosida baholanadi:
  • ta’lim ingliz tilida olib boriladigan maktabda GCSE darajasida ingliz tili fanidan C yoki undan yuqori baho yoki uning muqobili; yoki
  • TEAM English Entry Exam imtihonidan minimal ball (40); yoki
  • ingliz tilini CEFR B2 yoki undan yuqori darajada bilishini tasdiqlaydigan hujjat, masalan, “Overall” balli kamida 5.5 va “Writing” qismidan balli kamida 5.0 bo‘lgan IELTS sertifikati yoki TEAM Universiteti tomonidan tan olinadigan boshqa ingliz tili testi natijalari; yoki
  • TEAM Universiteti tomonidan tan olinadigan Pre-Foundation, Foundation yoki undan yuqori darajadagi ingliz tili kursidan o‘tish balli.
Qoida tariqasida, abituriyent o‘qish boshlanadigan o‘quv yilining 1 oktyabriga qadar 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.
TEAM English Entry Exam Imtihoni
TEAM English Entry Exam imtihoni IELTS nusxasining (Duolingo va TOEFL uchun ham) alternativ varianti bo’lib xisoblanadi. Imtihon 3 bo’limdan iborat bo’lib, ular 1 soat 40 daqiqa davom etadi.

1. Reading (o’qish) bo’limi 30 daqiqa davom etadi va turli uzunlik va murakkablikdagi matnlarni o’z ichiga olishi mumkin. O’zaro mos javoblarni tanlash, savollarga qisqa javoblar,va mashqlarni yakuniga yetkazish o’qish bo’limida uchrashi mumkun bo’ladigan savollardir.
2. Writing (yozish) bo’limi 40 daqiqa davom etadi va 1ta topshiriqni o’z ichiga oladi.
3. Use of English (ingliz tilini ishlatish) bo’limi 30 daqiqa davom etadi. Uning ichida 20ta savollar bo’ladi.

Imtihon narxi (bir urinish uchun) – 250 000 so’m. To’lov TEAM Universiteti kampusida yoki Payme mobil ilova orqali (havola) amalga oshirilishi mumkin.

TEAM English Entry Exam Imtihoniga yozilish uchun ushbu havolaga o’ting.
Kursning maqsadlari
Talabalarga bakalavr darajasida tahsil olish uchun kerak bo‘ladigan og‘zaki va yozma muloqot hamda tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam berish;

Talabalarda “yumshoq” ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda bu ko‘nikmalarning oliy ta’lim kontekstidagi ahamiyatini tushunishlarida ko‘mak berish;

Talabalarni o‘rab turgan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy kontekstning asosiy konsepsiyalari va tamoyillarini mustaqil tushunishlari uchun sharoit yaratish; ularning mahalliy va xalqaro hamhamiyatning bir a’zosi sifatida faoliyat yuritishlari uchun kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish;

Talabalarga o‘rganiladigan fanlarning asosiy nazariyasi, tushuncha va tamoyillari bo‘yicha bilimlar berish;

Talabalarni o‘qish davomida qo‘llab-quvvatlash va ularning ta’lim olishlari uchun sharoitlar yaratish;

Talabalarning raqamli ko‘nikmalarini va ko‘nikmalardan tadqiqotlarda foydalanishni mustahkamlash uchun ta’lim jarayonida texnologiyalardan keng foydalanish.
Talabalarga bakalavr darajasida tahsil olish uchun kerak bo‘ladigan og‘zaki va yozma muloqot hamda tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam berish
Talabalarda “yumshoq” ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda bu ko‘nikmalarning oliy ta’lim kontekstidagi ahamiyatini tushunishlarida ko‘mak berish
Talabalarni o‘rab turgan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy kontekstning asosiy konsepsiyalari va tamoyillarini mustaqil tushunishlari uchun sharoit yaratish; ularning mahalliy va xalqaro hamhamiyatning bir a’zosi sifatida faoliyat yuritishlari uchun kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish
Talabalarga o‘rganiladigan fanlarning asosiy nazariyasi, tushuncha va tamoyillari bo‘yicha bilimlar berish
Talabalarni o‘qish davomida qo‘llab-quvvatlash va ularning ta’lim olishlari uchun sharoitlar yaratish
Talabalarning raqamli ko‘nikmalarini va ko‘nikmalardan tadqiqotlarda foydalanishni mustahkamlash uchun ta’lim jarayonida texnologiyalardan keng foydalanish.
Kurs oltita majburiy moduldan tashkil topadi. Har bir modul 20 kreditga teng.
QANDAY MODULLARNI O‘RGANAMAN?
Ushbu modul oliy ta’lim tizimida va professional ishbilarmonlik muhitida samarali muloqot olib borish uchun kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Bu talabalarning og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Talabalar seminalar va amaliy mashg‘ulotlar davomida taqdimot qilish va omma oldida chiqish qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Shuningdek, ular turli akademik va rasmiy hujjatlarni yozishni ham o‘rganadilar. Bu esa bo‘lajak tadbirkorlarning turli biznes va akademik doiralarda, jamiyatda samarali muloqot olib borishlari uchun birinchi qadamdir.
Bizning o‘rab turgan duyoning global muammolaridan xabardor bo‘lish XXI asr uchun muhim ko‘nikma hisoblanadi. Ushbu modulda hozirgi davr uchun muhim bo‘lgan ayrim muammolar – iqtisodiy rivojlanish jarayonlari, kambag‘allik va tengsizlik, tabiat, gebder muammolari va boshqalar tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ushbu muammolarning tabiati, sabab va oqibatlari, ularni yechish istiqbollariga qaratiladi. Modulda, shuningdek, fikr-mushohada yuritish, muhokama va tadqiq qilish orqali XXI asrning boshqa muhim ko‘nikmalari – tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish ham rivojlantiriladi.
Modulning asosiy maqsadi – talabalarni mikro va makro iqtisodiyotning asosiy nazariyalari bilan tanishttirish hamda ushbu nazariyalar har qanday korxonada qaror qabul qilish jarayonlarida qanday ishlashini ko‘rsatish. Talabalar iqtisodchilarning fikrlash tarzi, ular qo‘llaydigan terminlar va ma’lumotlarni tahlil qilishda ishlatiladigan asosiy usullar bilan tanishadilar. Modul so‘ngida talabalar biznes-keysni tahlil qilish orqali barcha olingan bilim va ko‘nikmalarni real hayotga tadbiq qiladilar.
Ushbu modul talabalarni boshqaruv, tashkilot va korxona bilan bog‘liq asosiy zamonaviy bazariyalar bilan tanishtiradi. Bularga, masalan, tashqi va ichki ishbilarmonlik muhiti konsepsiyalari, boshqaruv tamoyillari, marketing nazariyasi va amaliyoti asoslari kiradi. Talabalar korxonaning tashkiliy strukturasini ishlab chiqish, ma’lumotlarni boshqarish va ishbilarmonlik muhitida muloqot sohasida kompetensiyalarini rivojlantiradilar. Modul talabalarga ishbilarmonlik konteksti haqida boshlang‘ich ma’lumotlar va keyinchalik tajriba yig‘ishlari uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarni beradi.
Modulning asosiy tamoyili – talabalarning AKT va IMning kichik va o‘rta biznesni yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatini tushunishlariga erishish. Bundan tashqari, talabalar ushbu tamoyillarni tahlil qilish va olingan ko‘nikmalarini o‘z startaplarini yaratishda qo‘llashni o‘rganadilar. Talabalar AKT haqida kerakli ma’lumotlarni oladilar va soha ekpetlari bilan ishlashni o‘rganadilar. Biznesning qaysi yo‘nalishini tanlashlaridan qat’iy nazar, ushbu modul samarali tadbirkor bo‘lish uchun mustahkam AKT ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
TA’LIM VA BAHOLASH QAY TARZDA OLIB BORILADI?
Kursda ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Darslar seminarlar, master-klasslar, turlar, guruhda munozaralar va onlayn o‘quv mashg ‘ulotlari tarzida tashkil qilinadi. O‘qituvchilar sizga muammolarni yechish va guruhlarda ishlashga qaratilgan topshiriqlar berishadi, o‘yinlarga jalb qilishadi, raqamli savodxonlik, taqdmotlar qilish va jamoa oldida chiqish qilish ko‘nikmalaringizni rivojlantirishga yordam berishadi. Baholashning ham har xil usullari – portfolio, taqdimotlar, hisobotlar, testlar, loyihalar qo‘llaniladi.
Ikkinchi semestrda siz bitta katta loyiha ustida ish olib borasiz. Bu loyiha sizdan butun kurs davomida o‘rganilgan barcha modullardan olgan bilimlaringizni yig‘ish va ishga solishni talab qiladi. Bu vazifani amalga oshirish uchun siz murabbiy bilan birga guruhlarda ishlaysiz. Murabbiy soha vakili bo‘lib, o‘qituvchingiz bilan birga sizga yo‘l-yo‘riq ko ‘rsatadi va yordam beradi. Ishonamizki, bunday topshiriqlar sizga kurs davomida o‘rganilgan barcha modullar orasidagi bog‘liqlikni ko ‘rish imkonini beradi.
O‘QISH VAQTINING TA’LIMNING TURLI SHAKLLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
72% Mustaqil
ta'lim
28% Seminarlar / Amaliy
mashg'ulotlar /
Onlayn topshiriqlar
72%
28%
MEN QAYERDA TAHSIL OLAMAN
O‘qish TEAM universiteti kampusida olib boriladi. Manzil: Toshkent shahri, Temur Malik ko‘chasi, 146
BOG‘LANISH
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy
+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31
info@teamuni.uz
2024 - TEAM UNIVERSITY
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy


+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31


info@teamuni.uz