Startup Challenge Xaqida

Startup Challenge (oldinda Xakaton) – bu ma’lum bir vaqt davomida biznes g‘oyasini yoki startapni yaratish bo‘yicha marafon bo‘lib, unda 3-5 kishidan iborat har bir jamoa belgilangan vaqt ichida noldan boshlab mahsulotni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Har bir jamoani mentorlar, shu jumladan tajribali tadbirkorlar hamda biznes-ekspertlar nazorat qilib, boshqaradi.

 

Ikki kundan keyin har bir jamoa o‘z ishlanmalarini taqdim etishi lozim bo‘lib, ularni O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar, TEAM universitetining Akademik tarkibi, shuningdek TEAM hammuassislari Hikmat Abdurahmonov va Zafar Xoshimov hamda boshqalardan iborat jyuri jamoasi baholaydi.

 

Ikkinchi Startup Challenge 2023 24-25 Avgust sanalarida o’tqaziladi.

  • Startup Challenge-da ishtirok etish TEAM Universitetiga o‘qishga kirish uchun dastlabki tanlovdan o‘tgan davlat va xususiy maktablar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ruxsat beriladi;

 

  • Startup Challenge ishtirokchisi bo‘lish uchun www.teamuni.uz/startup-challenge sahifasida ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘liq va bexato to‘ldirish lozim;
  • Startup Challenge – bu ishtirokchilar 3-5 kishidan iborat jamoalarga bo‘linadigan bellashuvdir;

 

  • Startup Challenge davomiyligi – ikki kun;

 

  • Jamoalar musobaqaning birinchi kunida tasodifiy taqsimot tamoyiliga ko‘ra shakllantiriladi;

 

  • Startup Challenge o‘tkazilish joyi – O‘zbekiston, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146-uy manzilidagi TEAM Universitetining Kampusi;

 

  • Jamoalar ikki kun davomida 5 ta yo‘nalishidan biriga muvofiq tanlab olingan bitta loyiha shaklida musobaqa vazifasini bajaradilar;

 

  • Jamoa taqdimot formatidagi belgilangan mezonlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyihani jyuriga taqdim qilishi hamda prototipning ishlash qobiliyatini namoyish etishi kerak;

 

  • Startup Challenge yakunlari va g‘oliblarni aniqlash Jyuri tomonidan bu yerda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq ishtirokchilarning jamoaviy ishi natijalarini baholanishi asosida amalga oshiriladi.

Loyihalar uchun Yo’nalishlar

Ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha beshtadan mavzu keyslari beriladi:

Ta’lim bilan bog‘liq yechimlar

Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq yechimlar

Dasturiy ilovalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq yechimlar

Chakana savdo bilan bog‘liq yechimlar

Ijtimoiy faollik va ijtimoiy texnologiyalar bilan bog‘liq yechimlar

Bunisi muhim: Har bir jamoa yuqorida taqdim etilgan 5 ta yo‘nalishdan bitta mavzu keysini tanlashi kerak!

Startup Challenge G‘oliblari

1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

Kunlarning batafsil dasturlari:

  • 8:30 – 9:00 Ro’yxatdan o’tish
    09:00 – 09:15 Ochilish marosimi
    09:15 – 09:20 Ishtirokchilarga qoidalarni tushuntirish
    9:20 – 9:30 Loyiha mavzulari, baholash mezonlari taqdimoti
    9:30 – 10:30 Loyiha guruhlarini shakllantirish, loyihalar uchun keyslarni tanlash
    10:30 – 11:00 Ijtimoiy tadbirlar
    11:00 – 11:30 “Prezentatsiyani yaratish” master-klassi
    11:30 – 12:15 Jamoalar tomonidan loyiha taqdimotlarini tayyorlash
    12:15 – 13:00 Loyihaning taqdimoti (2 daqiqa formatda)
    13:00 – 14:00 Tushlik
    14:00 – 14:45 “Marketing” master-klassi
    14:45 – 16:00 Loyihalar bo’yicha jamoaviy ish
    16:00 – 16:15 Ijtimoiy tadbirlar
    16:15 – 17:45 Loyihalar bo’yicha jamoaviy ish
    17:45 – 19:00 1-kunning yopilishi

9:00 – 9:30 2-kunning boshlanishi
9:30 – 10:15 “Moliya” master-klassi
10:15 – 11:30 Loyihalar bo’yicha jamoaviy ish
11:30 – 11:45 Ijtimoiy tadbirlar
11:45 – 13:00 Loyihalar bo’yicha jamoaviy ish
13:00 – 14:00 Tushlik
14:00 – 14:40 “Loyiha taqdimoti” master-klassi
14:40 – 16:00 Loyihalar bo’yicha jamoaviy ish
16:00 – 17:30 Loyiha taklifi (5 daqiqa format + savollar uchun 1 daqiqa)
17:30 – 18:00 Hakamlar hay’atini sarhisob qilish va natijalarni e’lon qilish
18:00 – 18:30 Taqdirlash marosimi
18:30 – 19:30 Yakunlash marosimi/ziyofat

Ma’ruzachilar

Screenshot_4

Hikmat Abdurahmonov

“Pitch-taqdimotlarni yaratish” mavzusida mahorat darsi

Screenshot_5

Dilshod Zufarov

“Loyiha taqdimoti” mavzusida mahorat darsi

Screenshot_3

Akmal Raimov

“Marketing” mavzusida mahorat darsi

Tamila Kurbanova

“Moliya” mavzusida mahorat darsi

Jyuri A’zolari

Screenshot_1

Rustam Rahmatov

IMAN Invest

Screenshot_2

Zamira Rahmonova

TESTO

Screenshot_4

Hikmat Abdurahmonov

TEAM University

Tamila Kurbanova

Twelve Stars Capital

article-medium

Doniyorbek Turgunov

OLX Uzbekistan

Screenshot_3

Akmal Raimov

DODO Pizza Uzbekistan

Startup Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish 22-chi Avgustgacha ochiq.

Ro’yxatdan xoziroq o’ting!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: