Hurmatli bo‘lajak stajyor!

 

O ‘z qiziqish va qobiliyatlaringizni ochishda dastlabki qadam – bilim va ko‘nikmalaringizni amaliyotda qo‘llab ko ‘rishdir!

TEAM Universitetida biz sizga shunday imkoniyatni – universitetning turli bo‘limlarida stajirovka o‘tash orqali o‘zingizni turli sohalarda sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim qilamiz.

Stajirovka jarayonida siz professional jamoa qanday ishlashini, kundalik faoliyatida qanday muammolarga duch kelishini, bu muammolarni qanday yengishini va salohiyatini qanday rivojlantirishini tushunib olasiz.

Biz siz bilan o‘z tajribamizni o‘rtoqlashishga, shuningdek, sizdan ham o‘rganishga tayyormiz!

BIZNING STAJIROVKA DASTURIMIZDA O‘ZINGIZNI SINAB KO‘RING!

 

Buning yo‘li oson:

1-qadam: Universitet saytining “bo‘sh ish o‘rinlari” sahifasida stajirovka o‘tashni xohlovchilar uchun ochilgan o‘rinlarni toping va talablar bilan tanishib chiqing.

2-qadam: Veb-sayt orqali ariza jo‘nating.

3-qadam: Universitet kadrlar bo‘limi va tegishli bo‘lim vakili bilan suhbatdan o‘ting.

4-qadam: Suhbat paytida o‘z iqtidoringizni ko‘rsating.

5-qadam: TEAM professional jamoasiga qo‘shiling!

Untitled-2

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: