TEAM Universitetining stajirovkalar dasturi amaliy ish tajribasi va puxta rejalashtirilgan o‘quv dasturi asosida qurilgan bo‘lib, aniq maqsadga yo‘naltirilganligi universitet va korxona talablarini qondirishga xizmat qiladi.
TEAM Universiteti stajirovkalar dasturining maqsadi
TEAM Universiteti stajirovkalar dasturi talabalarning amaliyot orqali o‘rganishlariga yordam beradi hamda ish beruvchilarning stajirovkalar uchun imkoniyatlarni kengaytirishlarini, talabalarning esa bu imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Dastur TEAM Universitetinning barcha talabalari uchun ochiqdir. Amaliyot orqali o‘rganish tadbirkorlik ta’limining uzviy qismi bo‘lib, o‘ziga xos o‘quv dasturi orqali kasbiy rivojlanishga yo‘l ochadi. Biz stajirovka uchun imkoniyatlar ham son, ham sifat jihatdan ko‘payishiga harakat qilamiz hamda bitiruvchilarimizning o‘zlariga munosib ish o‘rinlari topishiga ko‘maklashamiz.
Stajirovkalar dasturining afzalliklari
- Bebaho ish tajribasi
- Karyera uchun imkoniyatlarni o‘rganish
- Mehnat bozorida ustunlik
- Ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari
- Moliyaviy kompensatsiya
- Professionallar bilan tanishish
- O‘ziga ishonch
- Qiyinchiliklarsiz ish faoliyatini boshlash
