Xorijy talabalar
Viza, O‘zbekistonga kelish va yashash
Biz TEAM Universitetining kuch-quvvatga to‘la jamoasi bilan birga maroqli akademik sayohatni boshlash istagida bo‘lgan xorijiy talabalarni chin dildan qutlaymiz. O‘zbekistonga kelish va yashash qulayligini hamda sizning xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida Universitet xalqaro bo‘limi O‘zbekistonga kelish qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorladi. Mazkur yo‘riqnomadan kerakli veb-saytlarga havolalar va bog‘lanish uchun kontaktlar ham o‘rin olgan.
WELCOME!
Xush kelibsiz!
Xorijiy talabalar O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari yoki konsulliklarida viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin. E’tibor bering: topshiriladigan hujjatlar va to‘lanadigan yig‘im sizning fuqaroligingiz va qayerdan ariza topshirayotganligingizga qarab farq qilishi mumkin.
O‘zbekistonga kirish vizasi
Vizaga qanday ariza topshirish mumkin?
Talaba vizasini olish uchun topshiriladigan ariza namunasini evisa.mfa.uz. saytidan yuklab olishingiz mumkin. Mazkur shakldagi ariza O‘zbekiston Respublikasining barcha elchixonalari yoki konsulliklari tomonidan qabul qilinadi.
O‘zbekistonga kirish vizasi
Vizaga qanday ariza topshirish mumkin?
Muhim eslatma: agar siz keyinchalik talaba sifatida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo’lsangiz, O‘zbekistonga mehmon vizasi bilan kirmang. O‘zbekistonda o‘qish uchun talaba vizasi bilan kirish lozim.
Xorijiy talabalar uchun viza
olishga ariza topshirish qoidalari
ШАГ
1
ШАГ
2
ШАГ
3
ШАГ
4
ШАГ
5
TEAM Universitetining ro'yxatga olish tizimi orqali o'qishga ariza topshiring.
O 'qishga taklif xati oling
va taklifni qabul qiling.
Viza olish uchunarizani to'ldiring.
Viza yig'imini to'lang.
Bojxona deklaratsiyasinito'ldiring.
Hurmatli xorijiy talabalar! O‘zbekistonga kelishda rioya qilishi kerak bo‘lgan muhim qoidalardan biri – turar joyi bo‘yicha qayddan o‘tish. O‘zbekistonga kelgandan keyin 72 soat ichida mahalliy immigratsiya organlarida qayddan o‘tishingiz lozim.

O‘zbekistonda kirishda va chiqishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab qilinadi.
Bojxona deklaratsiyasi shaklini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
BOG‘LANISH
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy
+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31
info@teamuni.uz
2024 - TEAM UNIVERSITY
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy


+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31


info@teamuni.uz