LSBU bilan hamkorlik
TEAM Universiteti London South Bank Universitetini (LSBU) o‘z ta’lim dasturlarini validatsiya qilish uchun asosiy hamkor sifatida tanladi. Britaniyada LSBU tadbirkorlik ta’limining peshqadamlaridan biri sifatida mashhur va tadbirkorlar tayyorlashga bo‘lgan yondashuvi mukofotlar bilan taqdirlangan. Britaniya davlat oliy ta’lim muassasasi sifatida LSBU 1892 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va ta’limga dinamik, inovatorlik yondashuvi bilan ajralib turadi.
LSBU va TEAM o‘rtasida imzolangan memorandum LSBUga TEAM Universiteti ta’lim dasturlarini validatsiya qilish imkonini beradi. Bu esa TEAM Universiteti tomonidan taklif qilinayotgan o ‘quv dasturlari sifati LSBUning London kampusidagi dasturlarga qo‘yiladigan sifat talablarga javob berishini bildiradi. Britaniya qonunchiligiga ko‘ra, Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari boshqa OTMlar dasturlarini validatsiya qilgandan keyin ularning bituruvchilariga o‘z diplomlarini berishi mumkin. LSBU bilan hamkorlik natijasida TEAM Universiteti ta’lim dasturlari bitiruvchilari Britaniya diplomini olishlari mumkin.
LSBU bilan hamkorlik vaqt o‘tishi bilan rivojlanib boradi: bakalvriat yo‘nalishlari bilan bir qatorda, biz kelgusida magistratura mutaxassisliklari ochishni ham rejalashtirganmiz. Hamorlik, shuningdek, ikkala universitet talabalari hamkorligi, talabalar va xodimlar uchun almashuv dasturlari, hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot ishlari singari yo‘nalishlarni ham o‘z ichiga oladi. TEAM Universiteti ta’lim dasturlari Londondagi LSBU Universiteti standartlariga mos keladi – bu esa mahalliy sharoitni hisobga olgan holda, maqbul narxlarda sifatli ta’lim olish imkonini beradi.
TEAM va LSBU maqsadlari mushtarak: biz hamkorlikda rivojlanishni maqsad qilib qo‘yganmiz.
LSBU bilan hamkorlik haqida batafsil bu yerda
BOG‘LANISH
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy
+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31
info@teamuni.uz
2024 - TEAM UNIVERSITY
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Toshkent shaxri, Temur Malik ko‘chasi
146 uy


+998 71 200 20 60
+998 71 202 30 31


info@teamuni.uz