
HM Partners hammuassisi
Muzaffar Kasimov — "HM Partners" kompaniyalar guruhining hammuassisi. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini (2001-yil), Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (2003-yil) hamda "Skolkovo" biznes maktabini (2017-yil, "Business Practicum" sertifikat dasturi bo‘yicha) tamomlagan. Tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval Muzaffar Tashqi ishlar vazirligida ishlagan, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) ijtimoiy rivojlanish va qashshoqlikni qisqartirishga qaratilgan bir qator loyihalarida ishtirok etgan. Muzaffar — kuchli tahliliy qobiliyatga ega, biznes loyihalarni yaratish, rejalashtirish va amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lgan rahbar. U Rossiya Federatsiyasi Mustaqil direktorlar assotsiatsiyasi (AID) tomonidan sertifikatlangan mustaqil direktordir. Muzaffar — import-eksport sohasi hamda moliya sohasida muvaffaqiyatli tajribaga ega, biznesni rejalashtirish, rivojlantirish, xalqaro savdo va turizm yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassis.