Universitet haqida
- O‘zbekistonda jiddiy iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda va yangi bizneslar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilmoqda.
- O‘zbekistondagi birinchi tadbirkorlik universiteti — TEAM University sifatida sizga jahon darajasidagi ta’limni taqdim etish uchun Buyuk Britaniyaning yetakchi tadbirkorlik oliygohi London South Bank University bilan hamkorlik qilamiz. Biznesni yaxshi tushunadigan bitiruvchilarni tayyorlash uchun tajribali akademik xodimlar va muvaffaqiyatli tadbirkorlar tajribasini uyg‘unlashtiramiz.
- Maqsadimiz — amaliyotga asoslangan, akademik jihatdan talabchan va jamiyat uchun dolzarb ta’lim orqali qiziqarli va ilhomlantiruvchi talabalik tajribasini yaratish. Kelajak haqidagi tasavvuringizni shakllantirish va amalga oshirishda bizga qo‘shiling!