
FOM GROUP asoschisi
Murat Maxkamov — farmatsevtika bozorida ekotizim hisoblangan “FOM GROUP” MChJ asoschisi. U Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini hamda Moskvadagi “Skolkovo” biznes maktabining “Praktikum-11” dasturini tamomlagan. Murat 19 yoshida dorixonalar tarmog‘iga rahbarlik qila boshlagan. 21 yoshida esa o‘zining dorixonalar tarmog‘i va mahsulot tarqatish (distribyutsiya) tizimiga asos solgan. 25 yoshida u ishlab chiqarish, vakolatxonalar, distribyutsiya va dorixonalarni o‘z ichiga olgan to‘liq farmatsevtika bozori zanjirini yaratdi. 2015-yilda, 32 yoshida, u o‘z jamoasi bilan birgalikda farmatsevtika bozori atrofida ekotizimni shakllantirdi. Bugungi kunda “FOM GROUP” va “ArzonApteka” loyihasi O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda hamda o‘z faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarigacha kengaytirdi.