TEAM Universityning ikki talabasi TBC Bankning nufuzli stipendiyalariga sazovor bo‘ldi!
🚀 Ushbu tashabbus STEM va tadbirkorlik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yosh qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
🤝 Tadbirda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
💫 Biz talabalarimiz yutuqlaridan faxrlanamiz va ularning muvaffaqiyati kelajak avlodlar uchun ilhom manbai bo‘lishiga ishonamiz.