«Kasbning jinsi yo‘q» — TEAM University va TBC Bank ayollar uchun 100% stipendiya dasturini ishga tushirdi!
Kasbning jinsi yo‘q. TBC Bankda biz bunga chin dildan ishonamiz.
Bugun O‘zbekistondagi barcha universitet talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi.
Biroq texnik va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida ular hali ham kam uchraydi. Biz buni o‘zgartirmoqchimiz.
Shuning uchun STEM va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘qishni orzu qiladigan qizlar uchun stipendiya dasturini ishga tushirmoqdamiz. Stipendiya O‘zbekistondagi 4 ta hamkor universitetimizdan birida birinchi o‘quv yilini to‘liq qoplaydi.
Do‘stingiz, qizingiz yoki singlingizga bu haqda ayting.
Ehtimol, stipendiyani aynan u yutib olar ☺️
Batafsil ma’lumot saytimizda: https://new.tbcbank.uz/ru/help/educational-grants/