Marg‘ulan Seysembay TEAM Universityga tashrif buyurdi!
Marg‘ulan Seysembay — xalqaro darajadagi qozog‘istonlik tadbirkor, shuningdek investor va jamoat arbobi.🌐
🗓25-mart kuni bo‘lib o‘tgan tashrif davomida TEAM hammuassislari Hikmat Abdurahmanov @hikmatabdurahmanov, Muzaffar Kasimov @muzikus va boshqalar mehmonga kampus bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdi, so‘ngra “O‘zbekistonda oliy ta’lim” asosiy mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi. Marg‘ulan Seysembay TEAM talabalarining, shuningdek universitetimizning boshqa mehmonlarining barcha savollariga javob berdi.
🥐☕️Tashrifning cho‘qqisi mehmon, shuningdek TEAM hammuassislari va taklif etilgan O‘zbekistonning muvaffaqiyatli tadbirkorlari ishtirokidagi biznes nonushta bo‘ldi.
TEAM University Marg‘ulan Seysembayga tashrifi uchun minnatdorchilik bildiradi. Yangi uchrashuvni intizorlik bilan kutamiz!🤝