Qiz abituriyentlar uchun 4 yillik to‘liq stipendiya
⚡️TEAM University va The Stirling Foundation qizlar uchun 4 yil davomida o‘qish uchun 100% grant taklif qiluvchi grant dasturi ishga tushirilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi!
🚀 Grantlar sifatli ta’lim olish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda ko‘maklashish uchun, birinchi navbatda O‘zbekiston viloyatlaridan bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalardagi qizlarga beriladi.
🙌 Grant sohiblari yetakchi ekspertlardan o‘rganish, real biznes loyihalarda ishtirok etish va muvaffaqiyatli tadbirkorlar hamjamiyatining bir qismi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🛎Ushbu dasturning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Batafsil ma’lumot oling va havola orqali ariza topshiring.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/pDa2rk3Dp3GQKvj58
📞 71 200 20 60