Hurmatli Hackathon TEAM uchun ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar!

Sizga shuni ma’lum qilmoqchimizki, texnik qiyinchiliklar tufayli 2021 yil 24-25 Avgust kunlari bo’lib o’tishi kerak bo’lgan Hackathon 2021 yil 7-8 Sentyabrga qoldirildi.

Universitet ma’muriyati ishtirok etishni tasdiqlash uchun 2021 yil 26-27 Avgustda muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tgan har bir ishtirokchi bilan bog’lanadi.

Shuni ham ta’kidlaymizki, TEAM Hackathon-ga hali ro’yxatdan o’tmaganlar buni 2021 yil 4-Sentyabrgacha roy’xatdan o’tishlari mumkin.

Fikr bildirish