IT-PARK bilan hamkorlikda tashkil qilingan TEAM Inkubator universitetning maxsus bo‘limi hisoblanadi. Uning maqsadi – talabalarga o‘z startap loyihalarini boshlash va rivojlantirishlarida ko‘mak berish.

Bu qanday ishlaydi: 

 

TEAM Inkubator talabalarning tadbirkorlar bilan uchrashuvlarini tashkil qiladi, tadbirkorlar esa talabalarga murabbiylik qilishadi. Shunday qilib, talabalar ustozlar, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar va turli soha ekspertlari yordamida o‘z biznesini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

DSCF9539

TEAM Inkubatorning maqsadi nima?

 

Oddiy qilib aytganda, TEAM Inkubatorning maqsadi – talabalarimizga o‘z startap loyihalarida muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berish.
TEAM Inkubator IT-PARK bilan hamkorlikda talabalarga o‘quv materiallarini taqdim etadi va har oy TEAM Universiteti hamda IT-PARK mutaxassislari ishtirokida sessiyalar va masterklasslar tashkil qiladi.

TEAM Inkubator bo‘limlari:

 

  • Inkubator – g‘oyalarni shakllantirish jarayonida yordam beradi

 

  • Akselerator – loyihani amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan moliyaviy ko‘makni topish va olishda yordam beradi

TEAM Inkubatorning afzalliklari:
              

  • Tadbirkorlar bilan tanishish va ularning maslahatlarini olish imkoniyati 
  • G‘oyani noldan boshlab yaratish va muvaffaqiyatli biznesga aylantirish imkoniyati 
  • Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar olish hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati