Xakaton Xaqida

Xakaton TEAM – bu ma’lum bir vaqt davomida biznes g‘oyasini yoki startapni yaratish bo‘yicha marafon bo‘lib, unda 3-5 kishidan iborat har bir jamoa belgilangan vaqt ichida noldan boshlab mahsulotni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Har bir jamoani mentorlar, shu jumladan tajribali tadbirkorlar hamda biznes-ekspertlar nazorat qilib, boshqaradi.

 

Ikki kundan keyin har bir jamoa o‘z ishlanmalarini taqdim etishi lozim bo‘lib, ularni O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar, TEAM universitetining Akademik tarkibi, shuningdek TEAM hammuassislari Hikmat Abdurahmonov va Muzaffar Qosimov hamda boshqalardan iborat jyuri jamoasi baholaydi.

  • Xakaton TEAMda ishtirok etish TEAM universitetiga o‘qishga kirish uchun dastlabki tanlovdan o‘tgan davlat va xususiy maktablar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ruxsat beriladi;

 

  • Xakaton TEAM ishtirokchisi bo‘lish uchun www.teamuni.uz/team-hackathon sahifasida ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘liq va bexato to‘ldirish lozim;

 

  • O‘zbekiston Respublikasidagi epidemiologik vaziyat munosabati bilan, har bir Xakaton TEAMda ishtirokchilar soni 100 kishigacha cheklangan.
  • Xakaton TEAM – bu ishtirokchilar 3-5 kishidan iborat jamoalarga bo‘linadigan bellashuvdir;

 

  • Xakaton TEAM davomiyligi – ikki kun;

 

  • Jamoalar musobaqaning birinchi kunida tasodifiy taqsimot tamoyiliga ko‘ra shakllantiriladi;

 

  • Xakaton TEAM o‘tkazilish joyi – O‘zbekiston, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146-uy manzilidagi TEAM universiteti Kampusi;

 

  • Jmoalar ikki kun davomida Xakaton TEAMning 5 ta yo‘nalishidan biriga muvofiq tanlab olingan bitta loyiha shaklida musobaqa vazifasini bajaradilar;

 

  • Jamoa taqdimot formatidagi belgilangan mezonlarga muvofiq (mezonlarga havola) ishlab chiqilgan loyihani jyuriga taqdim qilishi hamda prototipning ishlash qobiliyatini namoyish etishi kerak;

 

  • Xakaton TEAM yakunlari va g‘oliblarni aniqlash Jyuri tomonidan bu yerda ko‘rsatilgan mezonlarga (mezonlarga havola) muvofiq ishtirokchilarning jamoaviy ishi natijalarini baholanishi asosida amalga oshiriladi.

Yo’nalishlar

Ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Xakaton TEAM uchun beshtadan mavzu keyslari beriladi:

Ta’lim bilan bog‘liq yechimlar

Sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq yechimlar

Dasturiy ilovalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq yechimlar

Chakana savdo bilan bog‘liq yechimlar

Ijtimoiy faollik va ijtimoiy texnologiyalar bilan bog‘liq yechimlar

Bunisi muhim: Har bir jamoa yuqorida taqdim etilgan 5 ta yo‘nalishdan bitta mavzu keysini tanlashi kerak!

Xakaton TEAM G‘oliblari

1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:

Ma’ruzachilar

Хикмат_Абдурахманов

Hikmat Abdurahmonov

“Pitch-taqdimotlarni yaratish” mavzusida mahorat darsi

Screenshot_2

Shoxrux Nizamutdinov

“Marketing” mavzusida mahorat darsi

Screenshot_1

Djafar Kazakov

“IT” mavzusida mahorat darsi

Anvar Irchayev

“Moliya” mavzusida mahorat darsi

Screenshot_3

Aziza Umarova

“Loyihani taqdimot qilish” mavzusida mahorat darsi

Jyuri A’zolari

Aleksey Semyonov

TEAM University

Screenshot_3

Aziza Umarova

Smartgov Consulting

Alan P. Frans

TEAM University

Хикмат_Абдурахманов

Hikmat Abdurahmonov

TEAM University

Screenshot_5

Muzaffar Qosimov

TEAM University

Xakaton TEAM 2021da ro‘yxatdan o‘tish uchun pastdagi tugmachani bosing: