Odamlar o’rtasidagi munosabatlarning muhim qismi til hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, til insonning o’ziga xosligini yaratishda muhim rol o’ynaydi, chunki til hayotimizga yo’nalish beradi va bizni yaxshiroq bo’lishga undaydi.
O’zbek tili geografik poydevor va boy o’tmishga ega tildir. O’zbek tilida Navoiy, Bobur, Qodiriy, Cho’lpon va boshqa ko’plab siymolarimiz o’zlarining durdona asarlarini bitishgan.
Bizning eng ulkan merosimizdan biri – bu xalqimizning ko’p madaniyatliligi, ko’p tilliligi, ona tilimizning shevalarini xilma-xilligidir. Shu sababdan, biz betakror tilimizni qadrlashimiz kerak!
O’zbek tili bayrami muborak bo’lsin azizlar!