Nega biznesmenlar nonushta qilish uchun yig’ilishadi?
Muvaffaqiyatga erishish yo’lidagi to’siqlarni qanday yengishadi? Ushbu o’quv yilida TEAM University ning talabalarini yana nimalar kutmoqda? TEAM University ning asoschilari va o’qituvchilari talabalar bilan birinchi biznes nonushta paytida shu va boshqa ko’plab savollarga javob berishdi.
Karantin choralari tufayli biznesmenlar bilan nonushtaga shartnoma to’lagan dastlabki 25 talaba taklif qilindi. Ammo bu boshqa talabalar imkoniyatdan mahrum degani emas. Yaqinda albatta shu kabi nonushtani takrorlaymiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.