
Biz TEAM Universitetining kuch-quvvatga to‘la jamoasi bilan birga maroqli akademik sayohatni boshlash istagida bo‘lgan xorijiy talabalarni chin dildan qutlaymiz. O‘zbekistonga kelish va yashash qulayligini hamda sizning xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida Universitet xalqaro bo‘limi O‘zbekistonga kelish qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorladi. Mazkur yo‘riqnomadan kerakli veb-saytlarga havolalar va bog‘lanish uchun kontaktlar ham o‘rin olgan.
O‘zbekistonga kirish vizasi
Vizaga qanday ariza topshirish mumkin?
Xorijiy talabalar O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari yoki konsulliklarida viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin. E’tibor bering: topshiriladigan hujjatlar va to‘lanadigan yig‘im sizning fuqaroligingiz va qayerdan ariza topshirayotganligingizga qarab farq qilishi mumkin.
Talaba vizasini olish uchun topshiriladigan ariza namunasini evisa.mfa.uz. saytidan yuklab olishingiz mumkin. Mazkur shakldagi ariza O‘zbekiston Respublikasining barcha elchixonalari yoki konsulliklari tomonidan qabul qilinadi.
Muhim eslatma: agar siz keyinchalik talaba sifatida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo’lsangiz, O‘zbekistonga mehmon vizasi bilan kirmang. O‘zbekistonda o‘qish uchun talaba vizasi bilan kirish lozim.
Fuqarolari vizasiz kira oladigan mamlakatlar


Hurmatli xorijiy talabalar! O‘zbekistonga kelishda rioya qilishi kerak bo‘lgan muhim qoidalardan biri – turar joyi bo‘yicha qayddan o‘tish. O‘zbekistonga kelgandan keyin 72 soat ichida mahalliy immigratsiya organlarida qayddan o‘tishingiz lozim.
O‘zbekistonda kirishda va chiqishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab qilinadi.
Bojxona deklaratsiyasi shaklini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.