Barchani O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universitetining ochilishi va universitetimiz uchun dastlabki, 2020-21 o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, “xush kelibsiz” demoqchiman. Universitetning barcha talabalari, o‘qituvchilari va xodimlarini qutlash men uchun katta sharaf. Siz tadbirkorlik muhitining bir qismiga aylandingiz va bu tez orada sizga tajriba to‘plab, hatto xayol bo‘lib tuyulgan orzularingiz ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Universitetimizning o‘ziga xos jihati – o‘qituvchilarimiz va muvaffaqiyatli tadbirkorlarning ilmiy va amaliy tajribalari uyg‘unligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlab turuvchi professional jamoadan tashkil topgan ma’muriyat. Biz yuqori sifatli o‘quv dasturlari asosida o‘qitish va talabalar uchun o‘ziga xos tajriba orttirish imkoniyatini beradigan do‘stona ta’lim muhitini yaratishni maqsad qilganmiz. Welcome to TEAM!
Ta’lim yo‘nalishlari

ALISHER HASANOV, TEAM UNIVERSITETI REKTORI
TEAM universitetiga xush kelibsiz!
Muvaffaqiyat omillari:
Britaniya ta’lim andozalari
O‘z startaplarini ishga tushirish imkoniyatlari
Muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ustozligi
Zamonaviy kampus
Stajirovkalar va korxonalar bilan tanishish
Zamonaviy o’qitish va bilim olish usullari