TEAM Universiteti xodimi Komil Jalilov Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish va ularning sifatini baholash bo’yicha trening o’tkazmoqda.

Trening testologiya asoslariga bag’ishlangan va quyidagi mavzularni qamrab oladi:

🔹baholash tamoyillari va maqsadlari🗒;

🔹validlik🔐;

🔹testning ishonchligi✅;

🔹testni ishlab chiqish;

🔹test topshiriqlarini yozish📝;

🔹test topshiriqlari sifatini statistik tahlil qilish️📉;

🔹test natijalarini tahlil qilish📇.

Auditoriya: ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining test topshiriqlarini ishlab chiquvchi ekspertlari.

Komil Jalilov:

🔹Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti xalqaro aloqalar bo’yicha magistri;

🔹London Universiteti Kolleji (Buyuk Britaniya) o’quv dasturlarini ishlab chiqish, pedagogika va baholash bo’yicha magistri (a’lo darajali diplom) – mazkur universitetda u Chevening xalqaro dasturi stipendiyasi asosida tahsil olgan;

🔹Vestminster Universitetining oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim sertifikatiga ega;

🔹Kolumbiya universitetida (Nyu-York, AQSh) Fulbrayt dasturi stpendiyasi asosida til ta’limi va pedagogik psixologiya bo’yicha tahsil olgan.

TEAM Universitetining kanallariga obuna boʻling, biz sizni universitetimizning rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shadigan ajoyib jamoamiz bilan tanishtirishdan xursand bo’lamiz!

Fikr bildirish