Поток новостей TEAM UZ

Zafar Hashimov — TEAM Universitetining lektori

Zafar Hashimov — TEAM Universitetining bo’lajak lektori:

“Barcha ta'lim falsafa asosida qurilishi kerak.

TEAM Universiteti - bu tadbirkorlik falsafasini o'rgatadigan universitet.

Universitet Ilmiy Kengashi mening universitetda dars berish haqidagi arizamni ma'qullaganini katta hayajon va ma’mnuniyat ila qarshi oldim.

Men "Zamonaviy dunyoda iqtisodiyot va matematika" modulini o’qitaman, unda biz iqtisodiyot bu insonning xulq-atvori haqidagi fan ekanligini, amaliy matematika va uning kundalik hayotimizni tushunishda tutgan o'rni haqida gaplashamiz, hamda statistika, ehtimollar nazariyasi va o'yin nazariyasi asoslarini o'rganamiz. Bu inson tabiatiga oid qiziqarli voqealar va misollarga to'la sayohat bo'ladi va bizning kundalik qarorlarimiz va koinot qonunlari orasidagi bog’liqlikni matematik tilida tishuntiradi.

Aytgancha, kecha abituriyentlarning arizalari statistikasini ko’rdim. Darvoqe, birinchi o'quv yiliga tobora kamroq o’rin qolayapti. Shoshiling.

Men o'quv yili boshlanishini va studentlarim bilan birinchi uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman.”
Made on
Tilda