TEAM Universiteti o‘quv-resurs markazi (O‘RM) ochiq makon konsepsiyasiga asoslangan kutubxona bo‘lib, unda eng so‘nggi o‘quv materiallari an’anaviy, qog‘oz shaklida va raqamli – elektron shaklda jamlangan. O‘RM hududida ochiq Wi-Fi tarmog‘i orqali internetga ulanib, mustaqil o‘qish uchun manbalardan ham foydalanish mumkin.

O‘RM hududida talabalar turli klublarning uchrashuvlarini tashkil qilishlari, har xil mavzularda trening va seminarlarda ishtirok etishlari mumkin.

TEAM Universiteti o‘quv-resurs markazining yana bir o‘ziga xos xususiyati – “oq” va “qora” uchrashuv xonalari bo‘lib, bu yerda guruh bo ‘lib muhokamalar o‘tkazish va videochatlar tashkil qilish mumkin. Har ikkala xona ham videokonferensiyalar o‘tkazishga mo‘ljallab jihozlangan. Shuningdek, chiqishlar va masterklasslar uchun ham maxsus joy bor. O‘RM kafeteriysi esa issiq kofe va shirinliklardan bahramand bo‘lishni taklif qiladi.

Moodle haqida

 

Moodle – ta’limni boshqarishga mo‘ljallangan yaxlit ishonchli, xavfsiz, integrallashgan platforma bo‘lib, ta’lim beruvchilar va talabalarga masofaviy va aralash ta’lim shakllarida ta’lim muhitini o‘z ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi.

TEAM Universitetining Moodle platformasiga o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari, qo‘shimcha resurslar, ta’limiy videolar, topshiriqlar, testlar va baholash uchun materiallar joylashtirilgan. Bu TEAM Universitetidagi fanlarning qiziq, interfaol va samarali bo‘lishiga yordam beradi. Onlayn materiallarni talabalar o‘zlariga qulay paytda o‘qishlari va vazifalarni bajarishlari, Moodle mobil dasturi yordamida videolarni istalgan joyda tomosha qilishlari, o‘qituvchilar bilan muloqotga kirishishlari mumkin.

TEAM Universitetining o‘quv-resurs markazi talabalarga kecha-yu kunduz Moodle tizimidan foydalanish va onlayn o‘qish jarayonida vaqtni to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha yordam berishga tayyor. Biz onlayn o‘qish tajribasi muammolardan xoli bo‘lishi uchun har doim sizni eshitishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

 

Coursera

 

TEAM Universiteti o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, Coursera platformasining onlayn kurslarida tahsil olib, malaka oshirishlari va sertifikatlarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Ushbu kurslar onlayn ta’lim, dizayn-fikrlash, raqamli axborot makonida savodxonlik, biznes, informatika, raqamli marketing sohalarini, ijtimoiy-gumanitar va boshqa turli fanlarni qamrab oladi. Universitetning @ teamuni.uz domenida o‘z pochtasiga ega barcha xodimlar va talabalar uchun kurslar tekin taqdim etiladi.

O‘RMda sizga quyidagi xodimlarimiz yordam berishadi:

Ish vaqti: dushanba – juma 9:00dan 18:00gacha

O‘RM shanba va yakshanba kunlari, shuningdek, rasmiy bayram kunlari ishlamaydi.

Bizning yangiliklarimizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: