USHBU DASTUR KIMLARGA MO‘LJALLANGAN?

TEAM Pre-University Course is a five-month programme which is designed for those who wish to be admitted to TEAM University undergraduate programme. The course mainly focuses on the development of students’ English skills and key transferrable skills. These include but are not limited to critical thinking, group work and presentation skills. The course follows the same Quality Assurance procedures as TEAM University. Students who will successfully complete the course will be automatically admitted to TEAM University undergraduate programme.

* Kurs va avtomatik qabul TEAM va LSBU tomonidan tasdiqlanishi kerak

TEAMga Tayyorgarlik kursi

Narx

850 000 so‘m / oyga

Muddati

6 oy (o’qish 20 hafta davom etadi)

Boshlanish sanasi

Yaqin orada e’lon qilinadi

Yosh toifasi

15+

Manzil

O‘zbekiston, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temur Malik ko‘chasi, 146

Ingliz tilini bilishga talablar

umumiy 4.5 balli IELTS sertifikati yoki boshqa ingliz tili bo‘yicha sertifikat

TAYYORLOV KURSI AFZALLIKLARI NIMADAN IBORAT?

Ushbu kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng talabalar quyidagilarni bilishi lozim:
 

  • Ham yozma, ham og‘zaki ravishda o‘z nuqtai nazarini tushuntirish va isbotlash; turli xil qarashlarni asoslash va baholash.
  •  

  • Bir qator tanish mavzular bo‘yicha yuqori darajadagi leksik va grammatik aniqlik va spontanlik bilan muloqot qilish qobiliyatini namoyish etish.
  •  

  • O‘z ishini yuqori darajadagi aniqlik va batafsillik bilan turli shakllarda yaratish va taqdim etish.
  •  

  • Murakkab materiallarni o‘qish va tinglashda asosiy g‘oyalarni va jihatlarni aniqlash.
  •  

  • Jamoada ishlash qobiliyatini namoyish etish.

QABUL QILISH TALABLARI QANDAY?

Tayyorlov kursiga qabul qilinish uchun nomzodlar o‘rta ta’lim (Umumiy o‘rta ta’’lim to‘g‘risida shahodatnoma – 9 yillik o‘rta ma’lumot) attestati yoki unga tenglashtirilgan hujjatga ega bo‘lishlari va qabul paytida O‘zbekistondagi maktabning 11-sinfi yoki litseyning 2-kursi o‘quvchilari bo‘lishi kerak. Chet  ellik talabalarning arizalari ular taqdim etadigan ilgari olgan ta’limi to‘g‘risidagi hujjatlarni baholash asosida ko‘rib chiqiladi.

Yuqoridagi talablarga muvofiqligini tekshirish uchun talabgorlar quyidagilarni taqdim etishlari shart:

  • O‘rta ta’lim to’g’risidagi attestatning nusxasi (Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida shahodatnoma – 9 yillik o‘rta ma’lumot);
  • Talabgor 11-sinf (litseyning 2-kursi) o‘quvchisi ekanligini tasdiqlovchi maktabdan (litseydan) xat.

Talabgorlar ingliz tilini B1 (CEFR) darajasida yoki unga tenglashtirilgan  darajada bilishlarini ko‘rsatishlari kerak, masalan:

  • umumiy 4.5 balli IELTS sertifikati yoki TEAM universiteti tan olgan ingliz tili bo‘yicha boshqa testdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • yoki TEAM tayyorgarlik kursi kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish.

Nomzodlar tayyorgarlik dasturi boshlanguniga qadar kamida 15 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim. Ushbu talabga muvofiqligini tekshirish uchun nomzodlar:

  • Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasportning nusxasini topshirishlari kerak.

KURSNING MAQSADI

  • Ingliz tilini bilish darajasini oshirish.

  • Talabalarga asosiy ijtimoiy ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatini berish.

  • Avtonom ta’im olish uchun qulay o‘quv muhitini yaratishga yordam berish.

TEAM Umumta’lim kursi uchun kirish imtihoni

Umumta’lim kursi uchun kirish imtihoni 4 bo’limdan iborat bo’lib, ular 2 soat 15 daqiqa davom etadi.

1.Listening (tinglash) bo’limi 30 daqiqa davom etadi. Siz turli xildagi savollarga javob berishingiz kerak bo’ladi. Jumladan, o’zaro mos javoblarni tanlash, savollarga qisqa javoblar, variantli savollarga javob berish va mashqlarni yakuniga yetkazish kabilardir.

2.Reading (o’qish) bo’limi 45 daqiqa davom etadi va turli uzunlik va murakkablikdagi matnlarni o’z ichiga olishi mumkin. O’zaro mos javoblarni tanlash, savollarga qisqa javoblar,va mashqlarni yakuniga yetkazish o’qish bo’limida uchrashi mumkun bo’ladigan savollardir.

3.Writing (yozish)bo’limi 45 daqiqa davom etadi va 2ta qisqa topshiriqni o’z ichiga oladi. Sizdan ushbu mavzu bo’yicha o’z fikringizni bildirgan xat / elektron xat va maqola yozishingiz so’raladi.

4.Speaking (gapirish) bo’limi 10-15 daqiqa davom etishi va guruh suhbati sifatida o’tkazilishi mumkin. Savollar kundalik mavzularni qamrab oladi.

TEAM Universitetiga kirish imtihoni sanasi yaqin orada e’lon qilinadi. Tafsilotlar ro’yxatdan o’tgandan so’ng taqdim etiladi.

TALIM NATIJALARI

Ushbu kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng talabalar quyidagilarni bilishi lozim:

  1. Ham yozma, ham og‘zaki ravishda o‘z nuqtai nazarini tushuntirish va isbotlash; turli xil qarashlarni asoslash va baholash.
  2. Bir qator tanish mavzular bo‘yicha yuqori darajadagi leksik va grammatik aniqlik va spontanlik bilan muloqot qilish qobiliyatini namoyish etish.
  3. O‘z ishini yuqori darajadagi aniqlik va batafsillik bilan turli shakllarda yaratish va taqdim etish.
  4. Murakkab materiallarni o‘qish va tinglashda asosiy g‘oyalarni va jihatlarni aniqlash.
  5. Jamoada ishlash qobiliyatini namoyish etish

MENI QANDAY OQITISHADI VA BAHOLASHADI?

Tayyorgarlik kursidagi barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Darslar haftada uch marta TEAM universiteti kampusida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar vaqti sizning maktab/ litseyda o‘qishingizga xalaqit qilmaydigan tarzda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar seminarlar, mahorat darslari va onlayn tadbirlar shaklida tashkil etiladi. O‘qitish interaktiv tarzda o‘tkazilib, jamoaviy ish qobiliyatini mustahkamlash, taqdimot mahoratini oshirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.

Sizning bilimlaringiz va qobiliyatlaringiz shakllanib boruvchi va yakuniy baholash orqali baholanadi. Sizdan eng yaxshi ishlaringiz namunalarini to‘plash, tanlangan mavzuni muvaffaqiyatli muhokama qilish uchun juft bo‘lib ishlashni o‘rganish va sinfda test topshirish so‘raladi. O‘qituvchilaringiz doimiy yordam ko‘rsatgan holda kurs davomida sizni boshqarib turishadi.

O‘QISH VAQTINING TURLI TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

таблица ep,

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: