Xalqaro tayyorlov kursi uchun minimal qabul talablari

Ta’limning oldingi bosqichiga qo‘yiladigan talablar

Abituriyentlar orta talimni tugatganlik togrisida hujjat (UK GCSE) yoki uning ekvivalentini taqdim etishlari lozim. Ozbekistonlik abituriyentlar uchun quyidagi hujjatlar ekvivalent hisoblanishi mumkin:

  • Umumiy orta ta’lim togrisidagi attestat
  • O‘rta maxsus ta’lim (akademik litsey) diplomi
  • Kasb-hunar ta’limi (kollej) diplomi

Xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish ular tomonidan taqdim etilgan ta’limning oldingi bosqichiga oid hujjatlarni o‘rganish asosida amalga oshiriladi.

Ingliz tili bilimiga qo‘yiladigan talablar

Abituriyenlarning ingliz tilini bilish darajasiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • Ta’lim ingliz tilida olib boriladigan o‘rta maktabda GCSE darajasida ingliz tilidan C yoki undan yuqori baho, yoki uning ekvivalenti, yoki
  • IELTS 5.5, bunda yozish qismidan baho kamida 5.0 bo‘lishi lozim * yoki TEAM Universiteti tomonidan tan olinadigan boshqa ingliz tili imihoni; yoki
  • TEAM Universiteti tomonidan tan olinadigan Pre-Foundation, Foundation yoki undan yuqori darajadagi ingliz tili dasturidan o‘tish balli.

* IELTS uchun (umumiy 5.5; yozish qismi 5.0) quyidagi ekvivalentlar qabul qilinadi:

– CEFR (B2);

– Cambridge English (umumiy 162; yozish qismi 154);

– TOEFL iBT (umumiy 72; yozish qismi 14);

– Duolingo (90);

– Muqobil sertifikatlar yakkama-yakka tarzda ko‘rib chiqiladi.

Yoshga doir talab

Qoida tariqasida, o‘qish boshlanadigan o‘quv yilining 1 oktyabriga qadar abituriyent 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.

Abituriyentlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 

  • 3,5 x 4,5 o‘lchamdagi raqamli fotosurat (hajmi 2 MBdan oshmasligi lozim)
  • pasportning skaner qilingan nusxasi (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – doimiy yashash joyi qayd qilingan sahifa ham kiritilishi lozim)
  • IELTS, TOEFL sertifikatlari yoki ularning ekvivalentlarining skaner qilingan nusxasi
  • O‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat va fanlar bo‘yicha baholar keltirilgan ilovaning skaner qilingan nusxasi (yoxud o‘qishni shu yil tamomlashi to‘g‘risida ma’lumotnoma)
  • Skaner qilingan hujjatlar .jpeg, .jpg yoki .png formatida bo‘lishi lozim.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: