Universitet akademik masalalarni, shuningdek, talabalar va kampusdagi hayot bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda qanday yondashuv qo‘llashini bilish uchun bizning qoidalarimiz bilan tanishib chiqing.

Bu qoidalar universitetning normativ hujjatlari bo‘lib, talabalarning Universitetdagi hayotining barcha bosqichlarida – o‘qishga qabul qilinishdan boshlab, o‘qish, imtihonlar va o‘qishni bitirib, diplom olgunga qadar – ularga nisbatan adolatli munosabatni ta’minlashda yordam beradi.

Ijroiya Guruhi Universitetning oliy boshqaruv organi bo‘lib, Universitetning strategik rivojlanish dasturini ishlab chiqadi va ushbu strategiyaning tasdiqlangan korporativ maqsadlarga muvofiq amalga oshirilishini nazorat qiladi. Ijroiya guruhi ta’lim muasasasini boshqarishda javobgar bo‘lib, muhim ahamiyatga ega qarorlarni qabul qiladi va muassasaning samarali ishlashini ta’minlaydi. Batafsil ma’lumotni quyidagi Ijroiya Guruhi reglamentidan olishingiz mumkin.

Ilmiy Kengash Universitetning bosh akademik organi hisoblanadi. Vasiylik Kengashi Ilmiy Kengashning vakolatlarini belgilab beradi va hisobotlarini tinglaydi.

Ilmiy Kengash Universitet professor-o‘qituvchilari va qo‘mitalari faoliyatiga javobgardir. Qo‘mitalar faoliyati Ilmiy Kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi, ular Ilmiy Kengashga hisobot beradilar va ularning qoidalari ham Ilmiy Kengash tomonidan nazorat qilinadi va tasdiqlanadi. Batafsil ma’lumotni quyidagi Ilmiy Kengash reglamentidan olishingiz mumkin.

Universitetda doimiy ravishda bir qator yig‘ilishlar va majlislar o‘tkaziladi. Yig‘ilishlar Protokilida qayd etilgan qoidalar Universitetda o‘tkaziladigan barcha rasmiy va muayyan mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilishlarga tadbiq etiladi. Bu esa yig‘ilishlarning tartibli o‘tishini va ko‘zlangan maqsadga erishilishini ta’minlaydi. Batafsil ma’lumotni quyidagi Yig‘ilishlar Protokolidan olishingiz mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: