Ro'yxatdan o'ting! Pre-Foundation kursiga
oxirgi ichki imtixon
•Narxi: 150 000 so‘m • Sana: 27 Yanvar 2023 | 15:00
Hujjatlarni topshiring! Kursni muvaffaqiyatli tamomlagandan
so'ng TEAM Bakalavriat dasturiga
avtomatik qabul bo’ling
Pre-Foundation Tayyorgarlik Kursi
Qabul ochiq!
• Narxi: 4 950 000 so’m butun kurs uchun
xohlaysizmi? bir semestr o'qishni Londonda TEAM Universitetiga hujjatlarni topshiring va ushbu eksklyuziv imkoniyatga ega bo'ling! TEAM Universitetning Kampusi

Ta’lim yo‘nalishlari

Xalqaro tayyorlov kursi

Zamonaviy Global Muammolar
Akademik muloqot ko‘nikmalari
Korxona tuzish
Raqamli biznes asoslari

Tadbirkorlik va xalqaro biznes

Biznes muloqotlar
Tadbirkorlik tafakkuri
Xalqaro miqyosda kadrlarni boshqarish
Xalqaro tadbirkorlik strategiyalari

Tadbirkorlik va raqamli innovatsiyalar

Mahsulotni rivojlantirish
Servis korxonalarini boshqarish
Raqamli madaniyatni shakllantirish va rarqamli tranformatsiya
Raqamli analitika

Tadbirkorlik va kreativ sohalar

Biznes kontekstida kreativ yozish
Ishontirish uchun muloqot va PR
Tadbirlarni rejalashtirish va tashkil qilish
Madaniy va kreativ turizm strategiyalari

ALISHER HASANOV, TEAM UNIVERSITETI REKTORI

TEAM universitetiga xush kelibsiz!

Barchani O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universitetining ochilishi va universitetimiz uchun dastlabki, 2020-21 o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, “xush kelibsiz” demoqchiman. Universitetning barcha talabalari, o‘qituvchilari va xodimlarini qutlash men uchun katta sharaf. Siz tadbirkorlik muhitining bir qismiga aylandingiz va bu tez orada sizga tajriba to‘plab, hatto xayol bo‘lib tuyulgan orzularingiz ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Universitetimizning o‘ziga xos jihati – o‘qituvchilarimiz va muvaffaqiyatli tadbirkorlarning ilmiy va amaliy tajribalari uyg‘unligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlab turuvchi professional jamoadan tashkil topgan ma’muriyat. Biz yuqori sifatli o‘quv dasturlari asosida o‘qitish va talabalar uchun o‘ziga xos tajriba orttirish imkoniyatini beradigan do‘stona ta’lim muhitini yaratishni maqsad qilganmiz. Welcome to TEAM!

Birinchi yildan stajirovka

O‘qishning boshidanoq TEAM talabalari O‘zbekistonning yetakchi korxonalarida stajirovka o‘taydilar. Bu esa ularga o‘qishni bitirishlari arafasida amaliy tajribaga ega noyob mutaxassis bo‘lish imkonini beradi. Stajirovkalar davomida talabalar turli korxonalar va tadbirkorlar bilan tanishadilar, bu esa o‘qishdan so‘ng muvaffaqiyatli karyera boshlash imkoniyatini yanada osshiradi.

Xalqaro diplom

TEAM bitiruvchilariga London South Bank universiteti diplomi beriladi. Mazkur oliygoh 2016 yilda yilning eng yaxshi tadbirkorlik universiteti sifatida Times Higher Education mukofotiga sazovor bo‘lgan.

“Moslashuvchan” ko ‘nikmalarni rivojlantirish

TEAM universitetida tanqidiy fikrlash, vaqtni boshqarish, taqdimotlar qilish, qarorlar qabul qillish va boshqa turdagi “moslashuvchan” ko‘nikmalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Bunday “moslashuvchan” ko‘nikmalar hozirgi zamon tadbirkorligining muhim jihatlari va muvaffaqiyatli liderlarning xususiyatlari sanaladi.

Moslashuvchan Grant tizimi

TEAM universitetida moslashuvchan va o’ziga xos grant tizimi yo’lga qo’yilgan . Universitet ta’sischilari, hamkorlari va bo‘lajak ish beruvchilar talabalarning o‘qishdagi muvaffaqiyalari, ijtimoiy faolligi va iqtidoridan kelib chiqqan holda o‘qish xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydigan grantlar ajratadilar.

Tanishlar orttirish imkoniyatlari

Seminarlar, ma’ruzalar, masterklasslar, biznes nonushtalar va boshqa turli tadbirlar davomida talabalar o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, rahbarlar va yetakchi ekspertlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishadi. Biznes sohasida taniqli rahbarlar talabalarga ustozlik qilishadi va maslahatlar berishadi.

Muvaffaqiyat omillari:

Britaniya ta’lim andozalari

O‘z startaplarini ishga tushirish imkoniyatlari

Muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ustozligi

Zamonaviy kampus

Stajirovkalar va korxonalar bilan tanishish

Zamonaviy o’qitish va bilim olish usullari

Bizning hamkorlarimiz

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: